Platini: "Men VARga qarshiman"
"Yuventus"ning sobiq yarim himoyachisi va UEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini yaqinda Sport Mediaset nashriga bergan intervyusida VAR tizimiga keskin qarshiligini bildirdi.
Uning fikricha, VAR futbolning muhim qismi bo‘lgan muxlislar o‘rtasidagi qizg‘in bahslarni kamaytiradi.
“Men VARga qarshiman. Bu endi muxlislar o‘rtasida bahs-munozaralarni keltirib chiqarmaydi. Men futbolni soddalashtiradigan narsa tarafdori emasman.
U muammolarni hal qiladi va kelishmovchiliklarni bartaraf qiladi. Men buni faqat gollar va hakamlar ko‘ra olmaydigan ofsayd holatlari uchun ishlatardim.
Qoidabuzarliklar bo‘yicha qarorni o‘yin rasmiylari qabul qilishi kerak", – dedi Platini.