Mourinyo: "VARga qarshi o‘ynadik"
"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyo turk futboli va klublarini ochiqchasiga tanqid qildi.
Yakshanba kuni Jozening jamoasi qo‘shib berilgan vaqtning 12-daqiqasida Sofyan Amrabatning goli evaziga “Trabzonspor” ustidan yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi (3:2).
"Hakamlik tizimga qarshi o‘ynaymiz - bu eng qiyin narsa. Men ish boshlaganimda bu haqda ogohlantirildim, lekin men bunga ishonmadim.
Endi ko‘ryapmanki, ishlar eshitganimdan ham yomonroq. Bugun biz nafaqat kuchli jamoaga, balki VARga, butun tizimga qarshi turdik.
Shu bois g‘alabani juda ham xursand bo‘lib nishonladik. Biroq menga bu yerdagi hakamlik haqida hech narsa deyishmadi", - dedi Mourinyo.