"Galatasaroy" darvozaboni Mourinyoni tanqid qildi
"Galatasaroy" darvozaboni va sardori Fernando Muslera "Fenerbahche" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning Turkiya futboli haqidagi so‘zlarini tanqid qildi.
"U turk futboliga nisbatan qilayotgan haqoratlari va ba’zi hakamlarga hujum qilgani meni xavotirga solmoqda. 14 yil ichida birinchi marta bunday gapni aytishim kerakligini his qildim. Men 14 yil ichida 17 ta sovrinni yutdim. Men qo‘shgan hissamni hisobga olgan holda, Turkiya futbolini rivojlantirish doimiy maqsadimdir. To‘rt oy oldin bu yerga kelgan Mourinyo Turkiya futbolini tanqid qilsa, unga yoqmasa, ketishi mumkin. Vaholanki, hech kim hech narsa demaydi. O‘ylaymanki, endi kimdir unga nimadir deya oladi. Biz turk futbolini targ‘ib qilayotganlarga biroz ko‘proq e’tibor berishimiz kerak," - dedi Muslera.