Rafinya: "Xavi qo‘l ostida men 60-daqiqada almashtirilishimni bilardim"
"Barselona" vingeri Rafinya Dias Xavi qo‘l ostidagi davrlarni esladi.
"Men uni tanqid qilishni xohlamayman, lekin Xavi boshchiligida 60-daqiqada meni almashtirishlarini bilardim. Men bu vaqt ichida iloji boricha ko‘proq ish qilishga harakat qildim, lekin kamdan-kam hollarda natija chiqardi. O‘yin davom etayotganda esa meni baribir almashtirishardi, men hech narsa qilolmasdim," - deya Rafinyadan iqtibos keltiradi ElPais.
Joriy mavsumda Rafinya "Barselona" sardori hisoblanadi va ajoyib saviyani ko‘rsatmoqda, 14 o‘yinda 10 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.