"Barselona" Rafinya borasida bir qarorga keldi
"Barselona" vingeri Rafinya Dias Angliya Premyer-ligasidagi qiziqishlarga qaramay sotilishi dargumon.
So‘nggi kunlarda tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, yulduz braziliyalik futbolchiga Londonning "Arsenal" klubi da’vogarlik qilmoqda. Shunga qaramay, jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, "Barselona" Rafinyani sotish haqida o‘ylamaydi. 27 yoshli futbolchi Xans-Diter Flik qo‘l ostida jamoaning asosiy o‘yinchisiga aylandi, shuning uchun uni olib qolishmoqchi.
Rafinya Dias "ko‘k-anorranglilar" uchun joriy mavsumdagi 17 uchrashuvda 12 ta gol urdi va o‘nta golli uzatmani qayd etdi.