Tyuram "Inter"da qolmoqchi
Markus Tyuramga Premyer-liganing top-klublaridan biri qiziqmoqda.
"Inter" hujumchisi Angliyada kuzatilmoqda va "Liverpul" buni ayniqsa diqqat bilan qilmoqda. Ular fransiyalik futbolchini jamoaga Yurgen Klopp ustozlik qilgan paytda sotib olish haqida o‘ylashgan.
Ta’kidlanishicha, Markusning shartnomasidagi tovon puli 85 million yevroga teng, ammo forvardning o‘zi "Inter"ni tark etmoqchi emas.
Joriy Italiya chempionatida Tyuram 7 ta gol urdi.