Tyuram Fransiyaga yo‘l olishi mumkin
Fransiya chempioni «PSJ» Italiyaning amaldagi chempioni «Inter» hujumchisiga qiziqish bildirmoqda.
Gap Markus Tyuram haqida ketmoqda. Calciomercato xabariga ko‘ra, Fransiya top-klubi vakillari Markusni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
Tyuramning shartnomasidagi tovon puli 90 million yevroni tashkil qiladi.
Ehtimol, 2025 yilning yozida parijliklar fransiyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishlari mumkin.
Tyuramning "Inter" bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.