Zommer «Inter»da qolishi kutilmoqda
«Inter» darvozaboni Yan Zommer klub bilan shartnomasini 2026 yilning yoziga qadar uzaytirish borasida og‘zaki kelishuvga erishdi.
35 yoshli shveysariyalik darvozabon 2023 yilning yozidan buyon Italiya chempioni safida to‘p tepmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi.
Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi va jamoa o‘rtasidagi ushbu kelishuv 2026 yilning yoziga qadar uzaytirilishi mumkin bo‘lgan variantni o‘z ichiga olgan. Hozirda shartnomani uzaytirish bo‘yicha og‘zaki kelishuv mavjud, biroq tomonlar tez orada yangi shartnoma imzolashlari kutilmoqda.