"Tottenxem" futbolchisi operasiya qilindi
"Tottenxem" klubi qanot yarim himoyachisi Uilson Odober sonini operasiya qilganini e’lon qildi.
O‘tgan yozda "Byornli"dan Odoberni sotib olish uchun "Tottenxem" 30 million funt sterling sarflagan, biroq Uilson APLda Anj Postekoglu jamoasida atigi 162 daqiqa o‘ynagan.
Odoberning futbol maydonidagi so‘nggi ko‘rinishi oktyabr oyida AZga qarshi Yevropa Ligasi o‘yinining so‘nggi ikki daqiqasi bo‘ldi, o‘shanda 19 yoshli fransiyalik futbolchi o‘zini noxush his qilgan.
Yakunda "Tottenxem" tibbiy xodimlari Odoberning son mushaklaridagi muammolarning eng yaxshi yechimi jarrohlik amaliyoti deb qaror qilishdi va "shporlar" bugun Uilson kecha operasiya qilinganini e’lon qildi.