Postekoglu: "Tottenxem"ning beqarorligi mening aybim"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Ange Postekoglu jamoaning yomon natijalari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan "Ipsvich" bilan uy uchrashuvida "shporlar" kutilmaganda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi (1:2).
"Bu mavsumdagi beqarorligimiz mening aybim, mening javobgarligim. Bizning natijalarimiz bevosita menga va mening yondashuvimga bog‘liq. Buni tuzatishga harakat qilishim kerak", dedi Postekoglu.
"Tottenxem" APL turnir jadvalida 11 turdan keyin o‘ninchi o‘rinda bormoqda. Jamoa hisobida 16 ochko bor.