Postekoglu Ten Xagning "Manchester Yunayted"dan haydalishiga izoh berdi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Ange Postekoglu Erik ten Xagning "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligidan chetlatilganiga izoh berdi.
"Men hayratda qoldimmi? Yo‘q. O‘ylaymanki, men shunchaki xafa bo‘ldim. Ammo zamonaviy futbolning tabiati shunday. Mashq qilish tobora qiyinlashib borayotganini aytgandim. Ten Xag "Manchester Yunayted" bilan yiliga bitta sovrin yutgan.
"Tottenxem" uni bunday natijalar bilan ishdan bo‘shatgan bo‘larmidi, bilmayman. Men faqat kubok yutish kerak, deb tez-tez eshitaman. U yaxshi, top murabbiy. Ishonchim komilki, uning karyerasi rivojlanishda davom etadi", — dedi Postekoglu.