Messi "Inter Mayami"dan ketmoqchi emas
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi klub bilan shartnomasi 2025 yilda yakuniga yetguncha Amerika jamoasini tark etish niyatida emas, deb xabar beradi talkSPORT.
Forvardning MLS klubi bilan shartnomasi 2025 yilning 31 dekabrida tugaydi, bu vaqtda u 39 yoshda bo‘ladi. Taxminlarga ko‘ra, shartnoma muddati tugagach, Messi "Inter Maypmi"ni tark etib, "Barselona"ga qaytishi mumkin edi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi va uning oilasi AQSHda baxtli va 2026 yilning yoziga qadar kerakli amaliyotni o‘tash va Argentina terma jamoasi bilan kelajakdagi Jahon chempionatida o‘ynash uchun Mayami jamoasida o‘ynashni davom ettirmoqchi.
37 yoshli hujumchi 2023 yilning 15 iyulidan buyon "Inter Mayami"da o‘ynab kelmoqda va shu vaqt ichida u Amerika klubi safida barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda 34 ta gol va 18 ta golli uzatmani amalga oshirgan.