"Barsa" yil oxirigacha Gavi va Pedri masalasini hal qilmoqchi
"Barselona" yaqin oylar ichida klubda bir qator muhim futbolchilar bilan yangi shartnoma imzolashni maqsad qilgan.
Sport xabariga ko‘ra, asosiy maqsadlardan biri Gavi va Pedri bilan 2024 yil yakunigacha 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolash.
Flik bu ikki futbolchi klubning sport loyihasining asosiy qismi bo‘lishini kutmoqda.