Eberl - Kimmixning shartnomasi haqida: «U Noyer ketganidan keyin klubimizning yuziga aylanadi»
«Bavariya» sport direktori Maks Eberl yarim himoyachi Yozua Kimmixning shartnomasi haqidagi savolga javob berdi.
«Biz Kimmixga u bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekanimizni ochiq aytdik. Biz Yozuani Noyer ketganidan keyin «Bavariya» sardori bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz, u klubimizning yuzi bo‘ladi.
Kimmix ish haqini qisqartirishga tayyor emasmi? Ish haqi haqidagi mish-mishlarga kelsak, buni izohlashni istamaymiz, biz muzokaralarni davom ettiramiz. Albatta, biz nafaqat sport masalalari, istiqbollar, balki moliyaviy jihatlar haqida ham gaplashamiz. Biz Yozua bilan uchala masala bo‘yicha kelishuvga erishmoqchimiz», - dedi Eberl.