Bellingem maydondagi sevimli pozisiyasini aytdi
«Real Madrid» yarim himoyachisi Jud Bellingem maydondagi sevimli pozisiyasi haqida fikr bildirdi.
- Mening eng yaxshi pozisiyam? O‘ylaymanki, maydon markazida, u yerda menda ko‘p erkinlik bo‘ladi, - dedi Bellingem.
Joriy mavsumda 21 yoshli ingliz barcha turnirlarni hisobga olgan holda 14 ta o‘yinda qatnashib, ikkita gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.