Job Bellingham o‘zining yulduz akasining yo‘lidan borishi mumkin
"Sanderlend" yarim himoyachisi Job Bellingem Dortmundning "Borussiya"siga o‘tishi mumkin. Germaniyaliklar 19 yoshli futbolchining rivojlanishini kuzatib, uning oilasi bilan aloqani saqlab qolishmoqda, deya xabar beradi mashhur jurnalist Patrik Berger.
Shuningdek, "Sanderlend" o‘sib borayotgan yulduz uchun taxminan 25 million yevro so‘ragani ma’lum. Yarim himoyachiga Angliya Premyer-ligasi klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Job Bellingem joriy mavsumda “qora mushuklar” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.