"Atalanta" yetakchisiga Yevropaning uchta top klubi qiziqish bildirmoqda
"Atalanta" markaziy yarim himoyachisi Ederson Lourenso qishki transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin.
Calciomercato xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga "Manchester Siti", "PSJ" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, "Atalanta" 60 million yevro evaziga o‘z yetakchilaridan biri bilan xayrlashishga tayyor.
25 yoshli Ederson joriy mavsumda "Atalanta"ning 17 ta o‘yinida qatnashib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining italyan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.