Pedri: «Faoliyatimning eng yaxshi bosqichini boshdan kechirmoqdaman»
«Barselona» yarim himoyachisi Pedri o‘zining hozirgi formasi haqida fikr bildirdi.
«Menimcha, faoliyatimdagi eng yaxshi bosqichni boshdan kechirayotgandekman, ayniqsa jismoniy holatim haqida. Anchadan beri o‘zimni bunday his qilmaganman», - deya Pedrining so‘zlarini keltiradi «Barca Universal».
Joriy mavsumda 21 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarni hisobga olgan holda 17 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.