De Xea oktyabr oyida «Fiorentina»ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
«Fiorentina» darvozaboni David de Xea klubning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Oktyabr oyida u ikkita «quruq» o‘yin o‘tkazdi, shuningdek, ikki marta penaltini qaytardi.
Eslatib o‘tamiz, David o‘tgan yozda Italiyaning mashhur klubini erkin agent sifatida to‘ldirgan edi. Hozirda u klub safida 11 ta o‘yin o‘tkazib, jami barcha turnirlarda atigi 11 ta gol o‘tkazib yuborgan.