Amorim Portugaliyada oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi
«Sporting» bosh murabbiyi Ruben Amorim Portugaliya chempionatida oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda Liga rasmiy sayti xabar berdi.
39 yoshli murabbiy jamoasi o‘tgan oyda Portugaliya chempionatida 2 ta, Portugaliya kubogida 2 ta o‘yin o‘tkazdi va barchasida g‘alaba qozondi.
Amorim 11 noyabrdan boshlab «Manchester Yunayted» bosh murabbiyiga aylanadi.