Mareska: «Sancho jarohat oldi»
«Chelsi» bosh murabbiyi Enso Mareska Konferensiyalar ligasi 3-turidan o‘rin olgan Armanistonning «Noa» jamoasiga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Jeydon Sanchoning jarohat olganini ma’lum qildi.
"U ertaga o‘ynamaydi, mashg‘ulotlardan birida jarohat oldi. Ko‘ramiz, u yakshanba kuni o‘ynay oladimi? Bo‘lmasa, xalqaro tanaffusdan keyin tayyor bo‘ladi”, - dedi italiyalik mutaxassis.
Sancho bu mavsumda jami 6 ta o‘yinda 3 ta golli uzatma berdi.