Mareska: "Menga "Nyukasl" juda yoqadi"
"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska o‘zining bo‘lajak raqibi haqida gapirdi. Yakshanba kuni "pensionerlar" o‘z uyida "Nyukasl"ga qarshi o‘ynashadi.
"Nyukasl" jismonan juda kuchli, ularda juda yaxshi jamoa bor. "Brayton"ga qarshi so‘nggi o‘yinda ularga biroz omad yetishmadi. O‘ylaymanki, ular ko‘proq ochko olishga loyiq. Ular bu tarkibda ko‘p yillarini o‘tkazishdi va yaxshi ishlamoqda. Menga “Nyukasl” juda yoqadi va bizda o‘zimizni ko‘rsatish imkoniyati bor", — dedi Mareska matbuot anjumanida.
“Chelsi” – “Nyukasl” uchrashuvi 27 oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.