Mareska: "Palmer tiklanmoqda"
"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska jamoa yetakchisi Koul Palmerning holati haqida fikr bildirdi.
Futbolchi "Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.
"Palmer tiklanmoqda. U yura oladi va tushlik qila oladi, bu uning butunlay sog‘lom ekanligini anglatmaydi. Ammo bizda "Arsenal"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun hali ikki kun bor. Umid qilamanki, u hech bo‘lmaganda shanba kuni mashg‘ulot o‘tay oladi", - dedi Mareska jurnalistlarga.
“Chelsi” – “Arsenal” uchrashuvi 10 noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.