Mareska: "Biz o‘zimiz xohlagandek o‘ynadik"
"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska APLning 11-turida "Arsenal"ga qarshi o‘yin (1:1) natijasini sarhisob qildi.
"Menga hamma narsa yoqdi, mutlaqo. O‘yin yaxshi bo‘ldi. Biz ularning jamoasini yaxshi bilamiz, biz bu o‘yinda juda yaxshi o‘ynadik.
Biz uchun ayni damda muhimi o‘yinning o‘zi va bu uchrashuvda yaxshi o‘tdi. Endi biroz dam olsak bo‘ladi, lekin tez orada maydonga qaytamiz.
Netu hamma kabi juda yaxshi o‘ynadi. Biz o‘zimiz xohlagandek o‘ynadik: dadil, har doim pas orqali himoyadan chiqib ketishga harakat qildik. Kaysedo o‘zini haqiqiy professional sifatida ko‘rsatmoqda", — dedi “Chelsi” bosh murabbiyi.