«MYU» Amad bilan tezroq yangi shartnoma imzolamoqchi
«Manchester Yunayted» jamoaning kot-dIvuarlik vingeri Amad Diallo bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, klub 22 yoshli futbolchi bilan yangi kelishuvni yanvar oyiga qadar hal qilmoqchi. Uning shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi.
Amad bu mavsumda 14 ta o‘yinda 1 ta gol va 1 ta golli uzatma berdi.