Saka: "Men futbol uchun yashayman"
"Arsenal" vingeri Bukayo Saka Martin Edegor yo‘qligida qilgan sardorligi haqida gapirdi.
“Albatta, Edegor bizning sardorimiz, men shunchaki yetakchilar guruhining bir qismiman. Sardorlik bog‘ichini taqsam, jamoadoshlarimga o‘rnak bo‘lishga harakat qilaman.
Menimcha, bunday paytlarda xotirjam bo‘lish va haddan tashqari ta’sir o‘tkazmaslik kerak. Futbolga muhabbat? Bu mening ishtiyoqim, men futbol uchun yashayman.
Men uyda tez-tez futbol tomosha qilaman", - deya Sakadan iqtibos keltiradi UEFA matbuot xizmati.