"MYU" futbolchisining maoshini oshirmoqchi
Yaqinda vinger Amad Diallo Yevropa ligasining 4-tur uchrashuvida porladi.
22 yoshli futbolchining dubli evaziga “Manchester Yunayted” o‘z maydonida PAOKni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Ayni damda “qizil iblislar” Diallo bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda, chunki futbolchining amaldagi mehnat shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
The Sun xabariga ko‘ra, "mankunianliklar" kelasi besh yilga shartnoma tuzmoqchi.
Dialloning «Manchester Yunayted»dagi maoshi haftasiga 29 ming funt sterlingdan 90 ming funt sterlinggacha uch baravar oshishi mumkin.