Kopmeyners: "Menga qiziqayotgan ingliz klublari bor edi, ammo..."
"Yuventus" yarim himoyachisi Tyon Kopmeyners yozda "Atalanta" klubiga o‘tishi haqida gapirdi.
26 yoshli niderlandiyalikning transferi Turin klubiga deyarli 55 million yevroga tushdi.
"Menga qiziqayotgan ingliz klublari bor edi, ammo «Yuventus» haqida eshitganimdan so‘ng, menda hech qanday shubha qolmadi.
De Ligtning "Yuventus" haqida aytganlari haqiqat bo‘lib chiqdi. Bu klub men uchun orzu", - deya Kopmeynersning so‘zlarini keltiradi Tuttosport.