Sancho umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi
«Chelsi» hujumchisi Jeydon Sancho jarohatini davolab, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi. Bu haqda Fabrisio Romano xabar berdi.
24 yoshli angliyalik vinger «aristokratlar»ning «Lester»ga qarshi APL doirasidagi o‘yinda maydonga tushishi mumkin. Bahs 23 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.