«Barsa» futbolchisi umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi
«Barselona» markaziy himoyachisi Erik Garsiya jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
23 yoshli ispaniyalik futbolchi La Liga doirasidagi «Sevilya»ga qarshi o‘yin oldidan qizib olish vaqtida kichik jarohat olgandi. U joriy mavsumda jami 9 ta o‘yinda 1 ta golli uzatma berdi.