"Barsa" futbolchisi "El-klasiko"gacha tuzaladi
"Barselona" himoyachisi Erik Garsiya "Sevilya"ga qarshi o‘yin (5:1) oldidan qizib olish vaqtida jarohat olgandi.
Xavi Migel xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining mushaklarida zo‘riqish bor. U "Bavariya" bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi, ammo "klasiko"da o‘ynashi mumkin.
"Bavariya" bilan o‘yin 23 oktyabrda, "Real"ga qarshi uchrashuv esa 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.