«Barsa» Olmoni «el-klasiko»ning boshlang‘ich tarkibida tushirmoqchi
«Barselona» klubi murabbiylar shtabi hujumchi Dani Olmoni "Real"ga qarshi bahsning ilk daqiqalaridan maydonga tushirmoqchi.
Futbolchi "Jirona"ga qarshi o‘yinda jarohat olgani sababli maydondan tashqarida qolmoqda. U FIFA kunlaridan keyin mashg‘ulotlarga kirishadi.
"Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko‘ra, «Barselona» murabbiylari Olmo uchun maxsus reja ishlab chiqishdi. Unga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi 26 oktyabr kuni bo‘ladigan "Real"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.
Ispaniyalik o‘yinchi «Sevilya»ga qarshi o‘yinda 30 daqiqadan kamroq vaqt davomida maydonda harakat qilsa, Dani «Bavariya» bilan bahsda bir taym o‘ynaydi.
Olmo «Real»ga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 60-daqiqada zaxiraga olishini kutilmoqda.
Manba: sports.ru