Gavi «Barselona» bilan to‘liq mashg‘ulotlarni boshladi
«Barselona» yarim himoyachisi Gavi jamoa bilan mashg‘ulotlarga to‘liq qaytdi.
Gavi o‘tgan yilning noyabr oyida tizzasidan oldingi xoch bog‘lamidan jarohat olgan edi. O‘shandan beri u o‘ynamadi.
Dani Olmo va Fermin Lopes ham asosiy jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazayotgani avvalroq xabar qilingandi. Ular «Sevilya»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishadi.
«Barselona»ning navbatdagi o‘yini 20 oktyabr kuni soat 23:59da «Sevilya»ga qarshi o‘tkaziladi.