«Real» Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi uchun «Manchester Siti» bilan kurashadi
«Real Madrid» so‘nggi uch yil davomida «Torino»ning 23 yoshli yarim himoyachisi Samuel Richchini kuzatib kelmoqda va ular mavsum so‘ngida shartnoma imzolashi mumkin, deb xabar beradi "Tuttosport".
Manbaga ko‘ra, «Real» Richchini «Empoli»da o‘ynagan 2021 yilning sentyabridan beri kuzatib keladi. Qayd etilishicha, ispan klubi skautlari Karlo Anchelotti tavsiyasiga ko‘ra Samuelni kuzatishni boshlagan.
Richchi hozirda «Real Madrid»ning 2025 yilda markaziy yarim himoyadagi roli uchun mo‘ljallangan maqsadlaridan biri, ammo 23 yoshli futbolchiga «Manchester Siti» ham qiziqmoqda.