Rivaldo bo‘lajak "El-klasiko"ning aniq hisobini taxmin qildi
Mashhur braziliyalik sobiq futbolchi Rivaldo "Real" - "Barselona" uchrashuvi uchun o‘z prognozi bilan o‘rtoqlashdi.
"Los-Blankos" va "Blaugrana" o‘rtasidagi uchrashuv 26 oktyabr kuni Madridda bo‘lib o‘tadi. Kataloniyaliklar chempionat turnir jadvalida peshqadam sifatida "El-klasiko"ga yaqinlashmoqda – o‘n turdan keyin 27 ochko jamg‘argan. Karlo Anchelotti jamoasi esa 3 ochko ortda qolmoqda.
"El-klasiko" uchun taxminim? O‘ylaymanki, "Barselona" 2:1 hisobida g‘alaba qozonadi", - dedi 1997 yildan 2002 yilgacha "Barsa"da o‘ynagan Rivaldo Sport nashriga bergan intervyusida.