Kurtua umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi
Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi, deya xabar berdi klub rasmiy sayti.
32 yoshli futbolchi so‘nggi bor 23 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan «Borussiya D»ga qarshi o‘yinda (5:2) maydonga tushgandi. Shundan so‘ng u ketma-ket 3 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi.
Joriy mavsum Tibo 12 ta o‘yinda 10 ta gol o‘tkazib yubordi va 4 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.