Kurtua «Real» mashg‘ulotlariga qaytdi
Tibo Kurtua «Real» bilan mashg‘ulotlarni qayta boshladi.
Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, darvozabon yaqinda olgan jarohatidan so‘ng maydonga qaytishga hozirlik ko‘rmoqda.
Avvalroq futbolchining chap sonning qo‘shimcha mushaklaridan jarohat olgani ma’lum bo‘lgandi. Bu jarohat uning 29-sentyabr kuni «Atletiko Madrid» bilan derbisida (1:1) olgan jarohatining takrorlanishi edi.
Joriy mavsumda 32 yoshli darvozabon barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushdi.