6 karra Olimpiada chempioni saratonning so‘nggi bosqichi tashxisi qo‘yilganini ma’lum qildi
Velopoyga bo‘yicha olti karra Olimpiya chempioni Kris Xoy unda prostata saratonining so‘nggi bosqichi borligini ma’lum qildi.
“Biz hammamiz tug‘ilganmiz va o‘lamiz. Bu shunchaki o‘sha jarayonning bir qismi”, dedi 48 yoshli sportchi.
U shifokorlarga bir oz uzoqroq yashashga yordam beradigan dori-darmonlarni yozib bergani uchun minnatdorchilik bildirdi.
2022 yil sentyabr oyida Xoy yelkasidagi og‘riq tufayli shifokorga bordi. Tashxis vaqtida unda shish borligi aniqlangan.
Xoy Olimpiya o‘yinlarida oltita oltin va bitta kumush medalga, shuningdek, jahon chempionatlaridagi 11 ta g‘alaba mavjud. 2009 yilda unga risar unvoni berilgan.
26 avgust kuni Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Eriksson saraton kasalligidan vafot etdi. O‘limidan oldin u qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga harakat qilgan yaxshi inson sifatida eslab qolishlarini xohlashini aytdi.