Inigo Martines: "Oltin to‘p" Vinisiusga nasib etadi"
"Barselona" himoyachisi Inigo Martines "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda "Real" hujumchisi Vinisius Juniorning ehtimoliy g‘alabasi haqida gapirdi.
"Barchamiz bilamizki, “Oltin to‘p” Vinisiusga nasib etadi. U buni isbotlashda davom etayotgan ajoyib futbolchi.
O‘tgan kuni Chempionlar ligasida aynan u o‘yinni portlatib yubordi va u bizga qarshi o‘yinda ham shunday qilishga harakat qiladi", - deya Martinesning so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.