Enrike Valensiyadagi suv toshqinlari haqida gapirdi
Luis Enrike Valensiyadagi suv toshqinlariga qarshi choralar haqida gapirdi.
Ispaniya janubi-sharqidagi Valensiya provinsiyasida kuchli yomg‘ir va "Dana" bo‘roni keng ko‘lamli suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. 200 ga yaqin odam halok bo‘ldi.
"Futbol olami kundan-kunga birlashib bormoqda, "PSJ" kabi klublarning o‘z mablag‘lari bor. Bu nafaqat mamlakatga, balki odamlarga ham ta’sir qiladigan fojia.
Valensiya xalqi bilan birdamlik juda muhim. Bir daqiqalik sukut hech narsani o‘zgartiradimi yoki yo‘qmi, bilmayman, biz iqtisodiy yordam haqida ko‘proq o‘ylashimiz kerak", - dedi "PSJ" bosh murabbiyi.