Anchelotti matbuot anjumanida Valensiyadagi suv toshqinlari haqida gapirdi
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasida “Milan”ga qarshi o‘yinga bag‘ishlangan matbuot anjumanini Valensiyadagi jabrdiydalarni qo‘llab-quvvatlash so‘zlari bilan boshladi.
"Valensiyaliklarning hafsalasi pir bo‘ldi, bu aniq. Bu hafta sodir bo‘lgan voqealar aql bovar qilmaydi. Men bu hafta ochiq gapirmoqchi emasman yoki rasmiylarning harakatlarini baholamayman. Bizda mavjud bo‘lgan barcha ma’lumotlardan kelib chiqib, 2024 yil haqida o‘ylash qiyin. Yomg‘irning aniq qachon boshlanganini bilib olishingiz mumkin, ammo biz bunday fojialarni to‘g‘irlashga qodir emasmiz", - deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
29 oktyabr kuni Ispaniya janubida kuchli suv toshqinlari boshlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 214 kishi halok bo‘lgan.