Kompani tarkibdagi muammolarni aytdi
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Germaniya Bundesligasining 9-turidan o‘rin olgan "Union Berlin"ga qarshi o‘yin oldidan ikki himoyachi Upamekano va Dayer yo‘qligi haqida gapirdi. Uchrashuv 2 noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
"O‘yinchilar yo‘qligi achinarli. Bizda 18 nafar futbolchi bor, shuning uchun menda bu pozisiya uchun 18 ta variant bor. Shubhasiz, so‘nggi bir necha hafta ichida juda ko‘p o‘yinlar bo‘ldi. Men boshqa yigitlar va jamoaga to‘liq ishonaman. Erik Dayer va Upamekano bu pozisiyada yetishmayotgan yagona futbolchilar emas", - deydi murabbiy.
Joriy mavsumda Vensan Kompani boshchiligidagi “Bavariya” Germaniya Bundesligasida 8 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ochko jamg‘argan.