Kompani: "Bu Flik uchun alohida o‘yin bo‘ladi"
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Myunxen klubining "Barselona"ga qarshi o‘yini haqida gapirdi.
O‘yin 23 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
"Bavariya uchun ko‘p yaxshi ishlar qilgan murabbiylar bor va Flik ulardan biri. Bular orasida Yupp Xaynkes, Pep Gvardiola va boshqalar ham bor.
Albatta, bu Flik uchun alohida o‘yin bo‘ladi. Lekin yakunda u g‘alaba qozonishni istaydi, o‘z o‘rnida biz ham g‘alaba qozonishni xohlaymiz", - dedi Kompani.