Kompani "Bavariya"ning gol o‘tkazib yubormagan seriyasi haqida gapirdi
"Bavariya" boshqaruvchisi Vensan Kompani jamoasining quruq seriyasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Myunxenliklar Chempionlar ligasi doirasida o‘z maydonida Portugaliyaning "Benfika" jamoasini Jamol Musialaning goli evaziga mag‘lub etishdi (1:0).
"Bu borada alohida sir yo‘q. “Tottenxem” bilan mavsumoldi o‘yinidan so‘ng, yigitlarimiz himoyada ishonchli o‘ynashga qodir ekanliklarini angladim. Endi biz xotirjam bo‘lishimiz kerak. Hozir biz yaxshi o‘ynayapmiz, lekin biz har doim yanada yaxshiroq bo‘la olamiz, har doim o‘zgarishlar qilishimiz mumkin. Men futbolchilarimga ishonaman. Shuningdek, bizda hozirda mavjud bo‘lmagan bir nechta sifatli himoyachilar bor", - dedi Kompani matbuot anjumanida.