Kompani Devisning "Bavariya"dagi kelajagi haqida gapirdi
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani himoyachi Alfonso Devisning kelajagi haqida gapirdi.
"Bu bizning direktorlarimizning ishi. Men uchun bu sport jihati. Agar u o‘ynasa, demak, u o‘z o‘yinlari bilan bunga loyiq va u juda yaxshi o‘ynaydi", - dedi Kompani matbuot anjumanida.
Alfonso Devisning shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi. Avvalroq, "Bavariya" rahbariyati futbolchining ketishi mumkinligi bilan kelishib olgani haqida xabar berilgandi.
Joriy mavsumda kanadalik futbolchi 14 uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.