"Barselona" futbolchisining otasi Azarning Kataloniya klubiga o‘tishiga to‘sqinlik qilgan
"Barselona"ning sobiq skauti, 2000 yillar oxirida "Barselona"da o‘ynagan Boyan Krkichning otasi 2012 yilda belgiyalik "Chelsi"ga o‘tgunga qadar Kataloniya klubi Eden Azarni sotib olmaslik kerak degan xulosaga kelganini aytdi.
"Men u bilan o‘g‘lim o‘ynagan 17 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida tanishganman. Belgiya finalga chiqdi, ammo keyin Ispaniya g‘alaba qozondi. Azar finaldan tashqari butun turnir davomida a’lo darajada o‘ynadi. Keyin esa “Lill” bilan shartnoma imzoladi.
Uch kundan so‘ng "Anje"ga qarshi o‘yinda uni ko‘rgani bordim. U ham asosiy tarkibdagi boshqa o‘yinchilar kabi zaxirada o‘tirdi", - deb Krkich so‘zlarini keltirmoqda Cadena SER.