Ikardi mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi
“Galatasaroy” hujumchisi Mauro Ikardi Yevropa ligasi doirasida “Tottenxem”ga qarshi o‘yinda (3:2) xochsimon bog‘lami yorilib ketdi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Argentinalik 31 yoshli futbolchi operasiya qilinadi va bu mavsumda boshqa maydonga tushmaydi.
Joriy mavsumda forvard klub safida 14 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.