Tuxel Angliya terma jamoasini jahon chempioni qilsa, bonusga ega bo‘ladi
Shu hafta Tomas Tuxel Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.
Nemis mutaxassisi yangi ishini yangi yil boshida boshlaydi.
The Sun xabariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, agar Angliya 2026 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqsa, Tuxel bonus mukofoti olish huquqiga ega.