Tuxel ikki futbolchini Angliya terma jamoasiga qaytarishi mumkin
Tomas Tuxel Angliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘ldi - nemis 2025 yil boshida o‘z ishini boshlaydi. "Transfer News Live" nashrining "The Sun" nashriga tayanib xabar berishicha, Tuxel ikki futbolchini terma jamoaga qaytarishi mumkin. Gap himoyachi/yarim himoyachi Erik Dayer va vinger Raxim Sterling haqida ketmoqda.
Erik Dayer «Bavariya» sharafini himoya qiladi. U Angliya terma jamoasiga oxirgi marta 2023 yilning mart oyida chaqirilgandi. «Arsenal» vakili Rahim Sterling JCH-2022dan beri terma jamoa lageriga bormagan.