Angliya terma jamoasini Tomas Tuxel boshqaradi
Angliya terma jamoasini Tomas Tuxel boshqaradigan bo‘ldi.
Nemis mutaxassisi qisqa muzokaralardan so‘ng Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallashga rozi bo‘ldi, deb yozadi The Times.
Tuxelning tayinlanishi shu hafta rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. Tuxelning so‘nggi klubi "Bavariya" bo‘lib, u o‘tgan mavsum oxirida bu klubni tark etgandi.
Qayd etilishicha, Angliya futbol assosiasiyasi (FA) boshqa nomzodlar, jumladan, Pep Gvardiola bilan bog‘langan.
Biroq ispaniyalik murabbiy Angliya terma jamoasini boshqarish istagi borligi haqidagi savolga aniq javob berishdan bosh tortdi.